Xalq deputatlari Kengashi raisi:
xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga raislik qiladi va Kengash sessiyasining ishini tashkil etadi;
xalq deputatlari Kengashi Kotibiyati mudiri va xodimlarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;
Kengash Kotibiyatiga xalq deputatlari Kengashi ishini tashkil etish bo'yicha topshiriqlar beradi, Kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
xalq deputatlari Kengashining qarorlarini va Kengash sessiyasi bayonnomalarini imzolaydi, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
xalq deputatlari Kengashining sessiyasini, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish to'g'risida qaror qabul qiladi;
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqadi;
xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari ishini muvofiqlashtirib boradi;
xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalarni ko'rib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari hamda ekspertlarini jalb etadi;
deputatlarga o'z vakolatlarini amalga oshirishda ko'maklashadi;
xalq deputatlari Kengashi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash choralarini ko'radi;
xalq deputatlari Kengashi faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika ta'minotini tashkil etadi;
ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
16²-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisining vakolatlari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Xalq deputatlari Kengashi raisi mahalliy hokimiyatning eng yuqori vakili. U Kengashning sessiyalarini boshqaradi, qarorlarini imzolaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. Raisi Kengashning Kotibiyati xodimlarini tayinlaydi va Kengashning barcha ishlarini tashkil etadi.
**Kimga tegishli**
Bu vakolatlar mahalliy davlat hokimiyatining Xalq deputatlari Kengashi raisiga tegishli.
**Amalda**
Masalan, raisi fuqarolarni qabul qilish vaqtini belgilaydi, ularning murojatlarini tinglaydi va hal qiladi. Yoki Kengashning sessiyasini chaqirish to'g'risida qaror qabul qiladi, sessiyada masalalarni muhokama qilish tartibini belgilaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.