«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

50-modda. Masofaviy nazorat

Vakolatli organ masofaviy nazoratni maxsus elektron tizim imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda litsenziatlarning, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslarning, xabardor qiluvchilarning xodimlari to'g'risida, litsenziya, ruxsat etish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi haqida taqdim etilgan axborot, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan olingan axborot asosida amalga oshiradi. Masofaviy nazoratni amalga oshirish chog'ida litsenziatlar, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslar, xabardor qiluvchilar belgilangan talablar hamda shartlarni buzish hollari to'g'risida maxsus elektron tizim vositasida avtomatik ravishda kelib tushadigan xabarlar vakolatli organning maxsus elektron tizimdagi «shaxsiy kabineti»ga yuboriladi. Kelib tushayotgan xabarlar asosida vakolatli organ jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini tahlil qiladi va o'rganadi. Bunda vakolatli organ litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlarining buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan ko'rsatma berishi shart. Litsenziatlar, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslar, xabardor qiluvchilar masofaviy nazorat asosida vakolatli organ tomonidan berilgan ko'rsatmada bayon etilgan talablarni o'n ish kuni ichida bajarishi va bu haqda vakolatli organga xabar berishi shart. Ko'rsatma bajarilmagan yoki o'z vaqtida bajarilmagan taqdirda vakolatli organ «xavfni tahlil qilish» tizimi asosida ularning faoliyatini tekshirishdan o'tkazishi mumkin. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlarini masofaviy nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan doimiy asosda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.