Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
maxsus elektron tizim vositasida litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan masofaviy nazorat (bundan buyon matnda masofaviy nazorat deb yuritiladi);
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud bo'lgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
litsenziatlarning, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslarning, xabardor qiluvchilarning faoliyati bilan bog'liq statistik axborotni hamda ulardan so'rab olinadigan ma'lumotlarni tahlil qilish.
Ushbu modda birinchi qismining to'rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlari bilan bog'liq bo'lmagan ma'lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish, tekshirish hamda ularni litsenziatlardan, faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslardan, xabardor qiluvchilardan so'rab olish taqiqlanadi.
Vakolatli organlarga litsenziatlar, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslar, xabardor qiluvchilar faoliyatini nazorat qilish bilan bog'liq tadbirlarni o'tkazish chog'ida tegishli pasportlarda nazarda tutilmagan talablar va shartlarning bajarilishini tekshirishga yoki ulardan ushbu shartlar va talablarning bajarilishini talab qilish taqiqlanadi.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining buzilishlari aniqlangan taqdirda bu haqda vakolatli organlarga xabar beradi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
49-modda. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratining shakllari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.