«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

18-modda. Litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turiga litsenziat tomonidan litsenziya olish tartibi

Litsenziat litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatni litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirishi mumkin. Muayyan sohada faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo'lgan litsenziat xuddi shu sohadagi faoliyatning kichik turiga litsenziya berish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, u vakolatli organga faqat faoliyatning tegishli kichik turiga qo'yiladigan qo'shimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan axborotni taqdim etadi. Bunda vakolatli organ litsenziat tomonidan ilgari olingan litsenziyaga litsenziyalanadigan faoliyat turining tegishli kichik turiga taalluqli o'zgartishlar kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.