Kredit hisoboti — kredit tarixi tarkibiga kiruvchi axborotni to'liq yoki qisman o'z ichiga olgan hujjat.
Kredit hisobotining shakli, mazmuni va uni taqdim etish tartibi kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada belgilanadi.
Kredit hisoboti kredit byurosi tomonidan quyidagilarga taqdim etiladi:
kredit axborotidan foydalanuvchiga — kredit axboroti sub'yektining roziligi bilan;
kredit axboroti sub'yektiga — mazkur kredit axboroti sub'yektining barcha kredit axboroti yetkazib beruvchilari va kredit axborotidan foydalanuvchilarining identifikatsiya ma'lumotlari ko'rsatilgan so'rovi bo'yicha.
Kredit hisoboti kredit byurosi uni taqdim etish to'g'risida so'rov olgan kundan e'tiboran ikki ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda taqdim etiladi.
Kredit hisoboti faqat bitta kredit axboroti sub'yekti xususida taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnLaw on Credit Information Exchange
6-modda. Kredit hisoboti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.