Kredit axborotini taqdim etish va uning almashinuvi faqat kredit bitimini tuzish, o'zgartirish hamda kredit bitimining ijrosini monitoring qilishdagi tavakkalchilikni baholash maqsadida, shu jumladan kredit axboroti sub'yektlarini reyting asosida baholash orqali, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maqsadda va qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish to'g'risidagi arizaga asosan kredit axboroti sub'yektining va u bilan birga yashovchi oila a'zolarining (o'z oilasiga ega bo'lmaganda ota-onasining, shuningdek o'z oilasiga ega bo'lganda erining, xotinining hamda o'z oilasiga ega bo'lmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) to'lovga qobiliyatliligini aniqlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga kredit axboroti taqdim etiladi hamda uning almashinuvi amalga oshiriladi.
Kredit axborotining ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilmagan maqsadlarda taqdim etilishiga va almashinuviga yo'l qo'yilmaydi.
Kredit axborotini, kredit tarixini, kredit hisobotlarini, shuningdek boshqa axborotni kredit axborotidan foydalanuvchi bo'lmagan shaxslarga taqdim etishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnLaw on Credit Information Exchange
24-modda. Kredit axborotini taqdim etishga va uning almashinuviga doir cheklashlar
(24-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.