Law on Credit Information Exchange

20-modda. Kredit axborotini yetkazib beruvchining huquq va majburiyatlari

(20-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Kredit axborotini yetkazib beruvchi: kredit byurosidan litsenziyasi mavjudligini talab qilishga; kredit axborotini bir nechta kredit byurosiga taqdim etishga haqli. Kredit axborotini yetkazib beruvchi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Kredit axborotini yetkazib beruvchi: kredit byurosiga haqiqiy ma'lumotlarga asoslangan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axborotini taqdim etishi; kredit byurosiga kredit axborotidagi o'zgarishlar va yangilashlar haqida o'z vaqtida xabar qilishi; kredit byurosiga berilgan kredit axborotiga belgilangan tartibda, kredit axboroti sub'yektining talabiga ko'ra o'zgartirishlar kiritishi; kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq kredit byurosiga ma'lumotlar uzatish tizimining uzluksiz ishlashini ta'minlashi shart. Kredit axborotini yetkazib beruvchining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.