«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

-modda. O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari

(8¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан биринчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)

O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirish, davlat organlarining, ommaviy axborot vositalarining, fuqarolik jamiyati institutlarining va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish, shuningdek mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik bo'yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi o'z vakolatlari doirasida: korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantiradi va amalga oshiradi; korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga hamda korruptsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi; mamlakatdagi korruptsiya holatini tizimli tahlil qiladi, shuningdek korruptsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo'lgan sohalarni hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi; har yili O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida milliy ma'ruza tayyorlaydi hamda uni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining korruptsiyaga qarshi kurashishga daxldor bo'lgan qo'mitalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining tegishli qo'mitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining korruptsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi; korruptsiyaga oid jinoyatlarni, birinchi navbatda O'zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro obro'siga putur yetkazadigan korruptsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi, uning yakunlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi; korruptsiyaga oid jinoyatlar tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning o'rni to'liq qoplanishiga erishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasini o'tkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi, ushbu tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda korruptsiyaning darajasini, shu jumladan hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimidagi darajasini baholovchi Korruptsiyani idrok etish milliy indeksini tuzishni tashkil etadi; davlat xaridlari sohasida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisining ISO: 37001 korruptsiyaga qarshi standartni qo'llashini nazarda tutuvchi talabni belgilaydi; joylarda korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi; korruptsiya holatlariga doir materiallarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi; vazirliklar va idoralarning korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini tahliliy va huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi, davlat organlarining, ommaviy axborot vositalarining, fuqarolik jamiyati institutlarining hamda boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo'yicha samarali hamkorligini tashkil etadi; ijro hokimiyati va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korruptsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to'xtatish yoki bekor qilish to'g'risida ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritadi; korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlarga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini faol jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, korruptsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo'yicha ular bilan ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqadi hamda birgalikda amalga oshiradi; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotni tarqatish hamda korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'qitishni tashkil etish orqali jamiyatda korruptsiyaning barcha ko'rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari samarali faoliyat ko'rsatishini hamda korruptsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa vositalar joriy etilishini monitoring qilib boradi; davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etishga hamda manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga ko'maklashadi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash choralarini ko'radi; davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini, shuningdek manfaatlar to'qnashuvini deklaratsiyalash tizimini ishlab chiqadi hamda uning samarali ishlashini tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.