Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tuzilmalari quyidagilardan iborat:
O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi;
davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari deb yuritiladi);
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
7-modda. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tuzilmalari
(7-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.