Korruptsiyaning holatini, xususiyatini, miqyoslarini, o'zgarishlarini va tendentsiyalarini, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilish samaradorligini o'rganish davlat organlari tomonidan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar o'tkazish yo'li bilan doimiy asosda amalga oshiriladi.
Sotsiologik tadqiqotlar korruptsiyaga eng ko'p duchor bo'lgan tarmoqlar va sohalarni, uning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, shuningdek mazkur faoliyatga jalb etilgan ijtimoiy guruhlarni aniqlash maqsadida sotsiologik so'rovlar o'tkazish va boshqa usullardan foydalanish yo'li bilan jamoatchilik fikrini tizimli o'rganishni o'z ichiga oladi.
Maxsus tadqiqotlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyati natijalarini, korruptsiyaga oid jinoyatchilikning holatini, korruptsiya ko'rsatkichlarining statistika hisobini muntazam ravishda tizimli tahlil qilishni, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning xususiyati va miqyoslarini, o'zgarishlari va tendentsiyalarini o'rganishni o'z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqotlar korruptsiyaga qarshi kurashish muammolari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazishni, ilmiy uslubiyotlar va tavsiyalar ishlab chiqishni, ularni amaliyotga oqilona joriy etishni, korruptsiyaga qarshi kurashishda qo'llanilayotgan shakllar va usullar samaradorligini prognoz qilish hamda ilmiy tahlil etishni o'z ichiga oladi.
Davlat korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlaydi va rag'batlantiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
30-modda. Korruptsiya sohasidagi tadqiqotlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.