«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

28¹-modda. Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining xavfsizlik kafolatlari

(28¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)

Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasidadir. Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni ko'zdan kechirish, ularda tintuv o'tkazish yoki ulardan ashyoni olish, ularning telefondagi so'zlashuvlarini eshitish, xodimlarni ko'zdan kechirish va ularni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek ularning xat-xabarlarini, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko'zdan kechirish, olib qo'yish yoxud olish faqat O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yozma ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimini, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan bo'shatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimini guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so'roq qilishga, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llashga va ushlab turishga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yo'l qo'yiladi. Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga nisbatan jinoyat ishi faqat O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo'zg'atilishi mumkin. Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.