«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

19-modda. Davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar

(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан ўн иккинчи ва ўн учинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)

Davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta'minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas'uliyatini kuchaytirish; korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik; davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o'z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish; davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona printsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish; davlat organlari xodimlari manfaatlarining to'qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring o'tkazilishini ta'minlash; davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o'tashning shaffof tartibini o'rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg'arazlik, adolatlilik va xolislik printsiplari asosida tanlov bo'yicha saralash hamda xizmatda ko'tarilish tizimini joriy etish; davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarning to'liq, xolisona va o'z vaqtida ko'rib chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha o'z vakolatlari doirasida choralar ko'rilishi ustidan nazoratni ta'minlash; davlat organlari faoliyatida korruptsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu organlar tomonidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring o'tkazish; normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish; davlat organlarida xodimlarning korruptsiyaga qarshi barqarorlik darajasini diagnostikadan o'tkazish; davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o'zining korruptsiyaga oid xavf-xatar darajasi yuqori bo'lgan vazifalari va funktsiyalarini aniqlash, korruptsiyaga oid xavf-xatar yuqori bo'lgan lavozimlar ro'yxatini shakllantirish hamda korruptsiyaga oid xavf-xatarni bartaraf etish choralarini ko'rish; davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta'minot olishini va rag'batlantirilishini ta'minlash. Qonunchilikda davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin. Davlat organlarining va o'zga tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlari qonunchilikka rioya etishi, o'z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg'arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korruptsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o'zini tiyishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.