Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo'ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo'yicha hisobdor bo'lmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila a'zolarining xavfsizligini ta'minlaydi.
Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki to'xtatib turishga, boshqa lavozimga o'tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko'ra yo'l qo'yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo'lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a'zosi bo'lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnConstitution of the Republic of Uzbekistan
136-modda. Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo'ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Sudya faqat Konstitutsiya va qonunga amal qiladi, boshqa hech kimning buyrugi yoki ta'siri ostida emas. Sudya o'z qaroriga javobgar emas, balki qonunga javobgar. Sudyani ishdan chetlashtirib, lavozimini bekor qilib yoki boshqa joyga o'tkazib bo'lmaydi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha sudyalarga, shuningdek sud tizimining barcha darajalariga tegishli.
Amalda
Agar hokimiyat sudyaga "bu ishda meni faydali qaror chiqar" desa, sudya bunga amal qilmasligi kerak. Sudya faqat qonun va dalillar asosida qaror qabul qiladi. Agar sudya siyosiy partiyaga a'zo bo'lsa yoki siyosiy faoliyat bilan shug'ullanса, u sudya bo'la olmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.