Jinoyat-protsessual kodeksi

95¹-modda. Dalillarning maqbul emasligi

(95¹-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Agar faktik ma'lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yo'li bilan yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan bo'lsa, shu jumladan: 1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llagan holda; 2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yo'li bilan; 3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga bo'lgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda; 4) jinoyat ishi bo'yicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida; 5) noma'lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo'lmagan manbadan; 6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan o'z tasdig'ini topmagan ko'rsatuvlaridan olingan bo'lsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi. Faktik ma'lumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning o'z tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi bo'yicha aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi to'g'risidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yo'l qo'yilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari buzilgan holda olingan ko'rsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy, yozma va raqamli dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi. Olib qo'yish yoki ko'zdan kechirish bo'yicha tergov harakatlari olib borilayotganda mutaxassis ishtirokisiz olingan elektron ma'lumotlar nomaqbul dalillar deb topiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.