Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo'ladigan har qanday faktik ma'lumotlar jinoyat ishi bo'yicha dalil hisoblanadi.
Bu ma'lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko'rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.
Agar tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan bo'lsa, ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog'liq bo'lmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo'lganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
81-modda. Dalillarning turlari
(81-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.