Jinoyat-protsessual kodeksi

78-modda. Ekspertning, mutaxassisning, tarjimonning, xolisning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar

(78-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 октябрдаги ЎРҚ-726-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.10.2021 й., 03/21/726/1001-сон)

Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe bo'lsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim. Bundan tashqari, basharti ekspert, mutaxassis, tarjimonning o'z kasbiga noloyiqligi ayon bo'lib qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimi bo'lsalar, rad qilinishlari lozim. Materiallari ishning qo'zg'atilishiga asos bo'lgan taftish yoki o'zga idoraviy tekshiruv o'tkazgan shaxs ushbu ishda ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishga haqli emas. Ishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan shaxs kelgusida ushbu ish bo'yicha ekspert qilib tayinlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.