Jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi o'rtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashg'ulotlari bilan shug'ullana olmaganliklari uchun haq to'lanadi. Bundan tashqari ko'rsatilgan hamma shaxslar chaqirilish munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egadirlar.
Ekspert, mutaxassis va tarjimon o'z majburiyatlarini bajarganliklari uchun haq olish huquqiga ega. Ushbu majburiyatlar xizmat topshirig'i tarzida bajarilgan hollar bundan mustasno.
Sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
75-modda. Jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga va xolislarga ularning sarf-xarajatlarini to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.