Jinoyat-protsessual kodeksi

72-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari

(72-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; o'zi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim bo'lgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega bo'lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir bo'lishi; o'ziga topshirilgan tarjimani aniq va to'liq bajarishi; tarjimaning to'g'riligini o'zining ishtirokida o'tkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Tarjimon bila turib noto'g'ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.