Jabrlanuvchining, fuqaroviy da'vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili tegishincha jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar ega bo'lgan protsessual huquqlardan foydalanadi. Vakil ish yuritishning istalgan vaqtida o'z majburiyatlarini bajarishni davom ettirishdan voz kechishga haqlidir.
Vakil: o'zi vakillik qilayotgan shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi; ularning ishonchini suiiste'mol qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo'lishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo'q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko'ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to'sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
63-modda. Vakilning huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.