Jabrlanuvchining, fuqaroviy da'vogarning, fuqaroviy javobgarning vakillari tariqasida advokatlar, vakil sifatida ishtirok etishga maxsus ruxsatnomalari bo'lgan shaxslar, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga ko'ra ishda qatnashishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshlar va boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Vakilning ishda ishtirok etishi uchun uning jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar yoki fuqaroviy javobgar bilan tuzgan topshiriq shartnomasi asos bo'ladi. Yuridik shaxsning vakili sifatida uning rahbari ishtirok etishi uchun alohida vakolatnoma kerak emas. Rahbar tomonidan berilgan ishonch qog'ozi bo'yicha yuridik shaxslarning vakillari sifatida uning shtatdagi xodimlariga va advokatlarga ruxsat etiladi.
Jabrlanuvchining, fuqaroviy da'vogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili ishda o'zi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga, shuningdek uning o'rnida ham ishtirok etadi. Jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgar ish yuritishning istalgan vaqtida vakildan voz kechishga yoki boshqa shaxsni vakil qilib olishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
62-modda. Jabrlanuvchining, fuqaroviy da'vogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.