Xorijiy davlat sudining qarori ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi hollarda O'zbekiston Respublikasida tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin:
1) xorijiy davlatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni o'tayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi — jazoni O'zbekiston Respublikasida o'tashni davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
2) xorijiy davlat hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan xorijiy davlat sudining tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash to'g'risidagi qarori mavjud bo'lsa, — majburiy davolashni O'zbekiston Respublikasida davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
3) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilinib, jazoni o'tamagan shaxs xorijiy davlat tomonidan O'zbekiston Respublikasiga ushlab berilganda;
4) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilingan O'zbekiston Respublikasi fuqarosini xorijiy davlatga ushlab berish rad etilganda;
5) O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
610-modda. O'zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.