Jinoyat-protsessual kodeksi

609-modda. Ashyolarni topshirish

(ўн тўртинчи бўлим Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 28 сентябрдаги ЎРҚ-262-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 39-сон, 340-модда)

Shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli bo'lgan ashyolar, shuningdek jinoyat izlarini o'zida aks ettirgan yoki jinoiy yo'l bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu ashyolar shaxsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi mumkin bo'lmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur bo'lsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin. Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash uchun ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ashyolarni topshirish xorijiy davlat vakolatli organining jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish to'g'risidagi kafolatlari mavjud bo'lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.