Jinoyat-protsessual kodeksi

59-modda. Fuqaroviy javobgarning huquq va majburiyatlari

(59-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy da'voning mazmunini bilish; da'voga e'tiroz bildirish; tushuntirish berish; o'z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo'lganidan so'ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma'lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o'z hisobidan ko'chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma'lumotlarni o'zga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish bo'yicha dastlabki eshituv o'tkazilayotganda hamda birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da'voga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish bo'yicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor bo'lish va ularga nisbatan e'tirozlar bildirish huquqiga egadir. Fuqaroviy javobgar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo'lishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy da'voga tegishli bo'lgan dalillar taqdim qilishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo'q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko'ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to'sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.