Aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv bo'yicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi.
Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos bo'lib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 586⁷-moddasida sanab o'tilgan savollarga javoblar shakllantiriladi.
Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
586¹⁰-modda. Aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv bo'yicha sud hukmini chiqarish
(62¹-боб Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 18 февралдаги ЎРҚ-675-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.02.2021 й., 03/21/675/0126-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.