Criminal Procedure Code

577-modda. Sud ajrimi

(577-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)

Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat to'g'risidagi yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish haqidagi ish bo'yicha sud majlisida chiqarilgan sud ajrimi quyidagi qoidalar asosida tuziladi. Sud ajrimning kirish qismida sud ishining raqamini, ishi ko'rilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashg'ulot turi, ma'lumotini va shaxsi to'g'risidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma'lumotlarni ko'rsatadi. Ajrimning tavsif-asoslash qismida sud tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash yoki qo'llamaslik uchun asos bo'lib xizmat qilgan holatlarni bayon qiladi, shu chorani qo'llashni taqozo qiladigan, shubha ostiga qo'yadigan yoki unga monelik qiladigan dalillar keltiradi. Shundan so'ng ajrimda sud ushbu Kodeksning 576-moddasida sanab o'tilgan masalalarga o'zining javoblarini ifodalaydi. Ajrimning xulosa qismida sud quyidagi qarorlardan birini bayon qiladi: 1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik unda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb e'tirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topish to'g'risida, shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash yoki qo'llamaslik to'g'risida; 2) ishi ko'rilayotgan shaxs qilgan deb hisoblanayotgan jinoyat hodisasi yoki ijtimoiy xavfli qilmish yo'qligi sababli ishni tugatish to'g'risida; 3) shaxsning daxldor emasligi tufayli tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi ish yuritishni tugatish haqida va ushbu shaxsni aniqlash hamda uni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini ko'rish uchun ishni prokurorga yuborish to'g'risida; 4) tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi ishni yuritishni tugatish va mazkur shaxsga nisbatan ish bo'yicha ushbu Kodeksning 579-moddasiga asosan sud ishi yurituvini qo'zg'atish haqida. Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan bo'lsa, ziyonning o'rnini qoplash to'g'risidagi masala fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi. Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj bo'lgan shaxsga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sog'liqni saqlash organiga darhol xabar qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

# 577-MODDA: SUD AJRIMI **Nimani anglatadi** Sud ajrimi — ruhiy kasallik yoki aqli norasolik sababli jinoyat sodir etgan shaxs haqida sud tomonidan chiqariladigan rasmiy hujjat. Unda sud shaxsning ahvoli, tibbiy choralar qo'llash zaruriyati va qabul qilingan qaror batafsil yoziladi. Ajrim kirish, tavsif-asoslash va xulosa qismlaridan iborat. **Kimga tegishli** Ushbu qaror ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan yoki aqli noraso holatda jinoyat sodir etgan shaxslar haqida sud tomonidan qabul qilinadi. **Amalda** Masalan, Sardor jinoyat sodir etgani uchun sud oldiga chiqarildi, lekin tibbiy ekspertiza uning ruhiy kasallik tufayli aqli noraso ekanligini isbotladi. Sud ajrimida Sardorning shaxsiy ma'lumotlari, kasallik holati, tibbiy davolash choralari va uni psixiatrik stacionarida davolash to'g'risida qaror yoziladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.