Surishtiruvchi, tergovchi protsess ishtirokchilarini ish materiallari bilan tanishtirgach va iltimosnomalarni hal qilgach, ishni sudga yuborish to'g'risida qaror tuzadi.
Surishtiruvchi, tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi bo'lgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan bo'lsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi.
Ishni sudga yuborish to'g'risidagi qarorga sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslarning ro'yxati, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan muddat, ustidan tergov o'tkazilgan shaxsning qamoqda, uy qamog'ida va tibbiy muassasada bo'lgan muddati, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, fuqaroviy da'vo va uni ta'minlash choralari, protsessual chiqimlar to'g'risidagi ma'lumotnomalar ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
572-modda. Ishni sudga yuborish to'g'risidagi qaror
(572-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.