Fuqaroviy da'vogar: fuqaroviy da'vo qo'zg'atish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qo'zg'atilgan da'vo bo'yicha tushuntirishlar berish; o'z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan da'voni ta'minlash choralarini ko'rish haqida iltimos qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo'lganidan so'ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma'lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o'z hisobidan ko'chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma'lumotlarni o'zga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish bo'yicha dastlabki eshituv o'tkazilayotganda hamda birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da'voga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish bo'yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo'lish va ularga nisbatan e'tirozlar bildirish huquqiga egadir.
Fuqaroviy da'vogar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo'lishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy da'voga tegishli bo'lgan dalillar taqdim etishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo'q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko'ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to'sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etilgan shaxs ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini bajaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
57-modda. Fuqaroviy da'vogarning huquq va majburiyatlari
(57-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.