Jinoyat-protsessual kodeksi

549-modda. Voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishi

Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shart. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo'yicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so'roq qilish paytidan boshlab yo'l qo'yiladi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yo'l qo'yilganda unga ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntiriladi. Qonuniy vakil o'z harakati bilan voyaga yetmagan shaxsning manfaatiga zarar yetkazadi deb hisoblash uchun asos bo'lsa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishdan chetlashtirilishi mumkin. Bunday holda voyaga yetmagan shaxsning manfaatlarini himoya qilish boshqa qonuniy vakilga yoki vasiylik va homiylik organining vakiliga topshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.