Jinoyat-protsessual kodeksi

546-modda. Xizmat bo'yicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish to'g'risidagi iltimosnomalarni ko'rib chiqish

(546-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 29 январдаги ЎРҚ-463-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.01.2018 й., 03/18/463/0634-сон — 2018 йил 1 апрелдан кучга киради)

Xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to'g'risidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qo'mondonlikning iltimosnomasiga asosan ko'rib chiqiladi. Xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to'g'risidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ko'rib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida kiritilgan bo'lsa, shu shaxsning, shuningdek iltimosnoma kiritgan qo'mondonlikning vakili qatnashishi shart. Xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish mavjud materiallarni o'qib eshittirishdan boshlanadi, so'ng hududiy harbiy sudning sudyasi chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtida vijdonan xizmat qilganligidan va namunali xulq-atvoridan dalolat beruvchi ma'lumotlarni aniqlab oladi. Xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to'g'risidagi iltimosnoma yuzasidan hududiy harbiy sudning sudyasi chiqargan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.