Jinoyat-protsessual kodeksi

541-modda. Hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal qiluvchi sudlar

(541-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1114-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2026 й., 03/26/1114/0047-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 17 апрель)

Birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo'lib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o'tashdan ozod qilish to'g'risidagi, hukm ijrosini kechiktirish to'g'risidagi, hukmni ijro qilmaslik to'g'risidagi, jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to'g'risidagi, axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qo'llanilayotgan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini o'zgartirish, uzaytirish yoki tugatish to'g'risidagi, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo'lgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qo'llash, uzaytirish yoki to'xtatish to'g'risidagi fuqaroviy da'vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo'yicha masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat ko'rsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan bo'lsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud bo'lmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga jo'natiladi. Mahkumni kasalligi yoki nogironligi sababli jazoni o'tashdan ozod qilish to'g'risidagi, jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to'g'risidagi, jazoning o'talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish to'g'risidagi, jazoni o'tash muddatini shaxs tuzalish yo'liga o'tganligi munosabati bilan qisqartirish to'g'risidagi, jazoning shartliligini bekor qilish to'g'risidagi, bir jazoni ijro etish koloniyasidan yoki tarbiya koloniyasidan boshqa turdagi koloniyaga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga o'tkazish haqidagi masalalarni mahkum jazoni o'tab turgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining sudyasi hal qiladi. Ozodlikdan mahrum etishga shartli ravishda hukm qilinganda sinov muddatini qisqartirish yoki shartli hukmni bekor qilib, mahkumni hukmda belgilangan jazoni o'tash uchun jo'natish haqidagi, hukmning ijro etilishi kechiktirilgan mahkumni jazodan ozod etish, shuningdek hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish va mahkumni ozodlikdan mahrum etishni o'tash uchun yuborish to'g'risidagi, sudlanganlikni olib tashlash haqidagi masalalar shu mahkumning istiqomat joyidagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.