Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga o'tkazish jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga ko'ra sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga o'tkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy o'tgach qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga o'tkazish tarbiya koloniyasi ma'muriyatining bolalar masalalari bo'yicha komissiya bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.
O'n sakkiz yoshga to'lgan mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga o'tkazish masalasini hal etishda sudya uning tuzalish darajasini hisobga olishi lozim. Mahkum tarbiya koloniyasida jazoni o'tash muddatini davom ettirish uchun uzog'i bilan yigirma bir yoshga to'lgunga qadar qoldirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
537-modda. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o'tash vaqtida o'zgartirish
(537-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.