Jinoyat-protsessual kodeksi

529-modda. Sud majlisi zalida qamoqdan yoki uy qamog'idan ozod etish

(529-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)

Sud hukmni e'lon qilgach sud majlisi zalida quyidagilarni qamoqdan yoki uy qamog'idan darhol ozod qiladi: 1) oqlangan shaxsni; 2) jazo tayinlanmagan mahkumni; 3) jazodan ozod etilgan mahkumni; 4) ushlab turish yoki ehtiyot chorasini qo'llash oqibatida qamoqda yoki uy qamog'ida bo'lgan vaqtdan yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilingan hukmga binoan shu ish bo'yicha jazoni o'tagan vaqtdan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi cheklangan mahkumni; 5) shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan mahkumni; 6) ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jazoga mahkum etilgan shaxsni.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.