Jinoyat-protsessual kodeksi

521²¹-modda. Ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran ko'rish

(56²-боб Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Taftish instantsiyasi sudi jinoyat ishini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeksning 485-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra bildirilgan protesti (xususiy protesti) bo'yicha taftish tartibida takroran ko'rib chiqadi. Ishni taftish instantsiyasi sudida takroran ko'rib chiqish O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ushbu bobda bayon etilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ishni taftish tartibida takroran ko'rib chiqishda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ushbu Kodeksning 521¹⁷-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarga ega bo'lib, ishni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra hukm yoki qaror chiqaradi. Ishni taftish tartibida takroran ko'rib chiqish natijalariga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan hukm, qaror uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeks 485-moddasining 6 va 7-bandlarida hamda 521⁷-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.