Jinoyat-protsessual kodeksi

521¹⁰-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga kelib tushgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar (xususiy shikoyatlar) bo'yicha qabul qilinadigan qarorlar

Taftish tartibida berilgan shikoyat (xususiy shikoyat) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo'lgan hollarda esa jinoyat ishi talab qilib olingan holda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan o'rganib chiqiladi. Shikoyatni (xususiy shikoyatni) o'rganib chiqish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi o'z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risida; 2) shikoyatni (xususiy shikoyatni) ish bilan birga ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish haqida. Taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxsga qabul qilingan qaror haqida uch sutka ichida xabar qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.