Criminal Procedure Code

511-modda. Hukm va ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo'lgan shaxslar

Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instantsiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. Fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instantsiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining fuqaroviy da'voga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instantsiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oqlash sabablari va asoslariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. Ishda taraf bo'lmagan shaxslar ham birinchi instantsiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining o'z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Sudning hukmi yoki qaroriga rozi bo'lmagan odamlar uni yuqori sudga shikoyat qilishlari mumkin. Bu shikoyat orqali sud qaroriga nisbatan xatolik bo'lganini isbotlash imkoni beriladi. Shikoyat berish huquqi turli kategoriyali odamlarga tegishli. Kimga tegishli Mahkum, jabrlanuvchi, oqlangan shaxs, fuqaroviy da'vogar, himoyachi va vakillarga, shuningdek ishda taraf bo'lmagan lekin o'z manfaatiga tegishli bo'lgan har qanday shaxsga tegishli. Amalda Mahkum Alisher sud qaroriga rozi emas va uni noto'g'ri deb hisoblaydi. U o'zining himoyachisi orqali appellatsion sudga shikoyat qiladi. Appellatsion sud qarorni qayta ko'rib chiqadi va xatolik bo'lsa, uni o'zgartiradi yoki bekor qiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.