Jinoyat-protsessual kodeksi

509⁶-modda. Ishni kassatsiya tartibida ko'rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi

(509⁶-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Jinoyat ishini kassatsiya tartibida sud majlisida ko'rishda quyidagilar ishtirok etishi shart: 1) tegishincha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning o'rinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 2) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida ko'rsatilgan hollarda. Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari kassatsiya instantsiyasi sudida ishni ko'rishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida bo'lgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi to'g'risidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferentsaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin. Kassatsiya tartibida ko'rilayotgan ish bo'yicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni ko'rishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart bo'lgan shaxslar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.