Birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi davomida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda, ish kassatsiya instantsiyasi sudiga yuboriladi.
Sud muhokamasi davomida chiqarilgan dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni o'zgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi e'tirozlar kassatsiya shikoyatiga yoki kassatsiya protestiga kiritilishi mumkin.
Mazkur ish bo'yicha taraf hisoblanmagan shaxslar sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, shikoyat berishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
504²-modda. Birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va protest bildirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.