Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instantsiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o'rinbosarlari birinchi instantsiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqli.
Fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instantsiya sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy da'voga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instantsiya sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
Ishda taraf bo'lmagan shaxslar ham birinchi instantsiya sudi hukmining, ajrimining o'z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn499-modda. Birinchi instantsiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga (protest bildirishga) bo'lgan huquq
(499-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Birinchi instantsiya sudi (quyi sud) qabul qilgan qaror va buyruqlarga qarshi shikoyat yoki protest berishning huquqi. Bu huquq turli shaxslar — mahkum, jabrlanuvchi, prokurор, advokat va boshqalarga berilgan. Ular sudning qarorini yuqori instansiyaga (kassatsiya sudiga) chiqarib berish orqali qayta ko'rib chiqishni talab qilishlari mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu huquq mahkum, jabrlanuvchi, ularning vakillari, prokurор, sud tomonidan oqlangan shaxs va boshqa manfaatdor shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Mahkum 5 yil qamoqqa hukm qilingan. Agar u o'zini aybsiz deb bilsa, advokati bilan birga kassatsiya shikoyati yozib yuqori sudga yuboradi. Yuqori sud qarorni qayta ko'rib, mahkumning huquqlari buzilganligini aniqlasa, hukmni o'zgartirib yoki bekor qilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.