Ba'zi mahkumlarga daxli bo'lgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga ko'ra apellyatsiya instantsiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi ko'rib bo'linganidan keyin kelib tushsa yoki o'tkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 497⁵-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoxud qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti bo'yicha ko'rib chiqilganidan so'ng kelib tushgan bo'lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni ko'rib chiqishi va u bo'yicha hukm, ajrim chiqarishi shart.
Agar ishni qo'shimcha ko'rish chog'ida apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga zid bo'lsa, protest bildirish to'g'risidagi masalani hal etish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega bo'lgan prokurorga yuboriladi.
Ishni qo'shimcha ko'rish tartibi kechikib kelib tushgan xususiy shikoyatni va protestni hal etish uchun ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
497³⁵-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudida ishni qo'shimcha ko'rish
(497³⁵-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.