Jinoyat-protsessual kodeksi

497¹⁵-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudi majlisini tayinlash va tayyorlash

Sudya apellyatsiya shikoyati, protesti bilan kelib tushgan jinoyat ishini o'rganib, sud majlisini tayinlash to'g'risida yetti sutka ichida ajrim chiqaradi va unda quyidagi masalalar hal etiladi: 1) jinoyat ishini ko'rib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti to'g'risidagi; 2) taraflarni, shuningdek guvohlarni, ekspertlarni va boshqa shaxslarni sud majlisiga chaqirish, shikoyatda, protestda ko'rsatilgan qo'shimcha dalillarni, agar mazkur iltimosnomani asosli deb topsa, talab qilib olish to'g'risidagi; 3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida ko'rish to'g'risidagi; 4) qamoqda yoki uy qamog'ida saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi to'g'risidagi. Ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida xabarnoma yuboriladi. Agar jinoyat ishini o'rganish chog'ida birinchi instantsiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 497⁶-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellyatsiya instantsiyasi sudida ishni ko'rib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.