Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi sudning hukmini bekor qilishga va mahkumga jazoni kuchaytirgan yoki unga nisbatan e'lon qilingan ayblov doirasida og'irroq jinoyat to'g'risidagi qonunni qo'llagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli.
Sudning ayblov hukmi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyatiga ko'ra, mahkumning ahvolini og'irlashtirgan holda yangi hukm chiqarish orqali bekor qilinishi mumkin.
Sudning oqlov hukmi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining mazkur hukmning qonunga xilofligi va asossizligi borasidagi shikoyatiga ko'ra, ayblov hukmi chiqarilgan holda bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
494-modda. Hukmni mahkumning, oqlangan shaxsning ahvolini og'irlashtirish tomonga bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.