Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi va jinoyat ishini taftish tartibida ko'rib chiqayotgan sud ish shikoyat yoki protest bilan kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh sutkadan kechiktirmay ishni ko'rib chiqishga kirishishi kerak. Ish o'ta murakkab bo'lgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni ko'pi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati jinoyat ishi shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay ishni ko'rib chiqishga kirishishi kerak. Ish o'ta murakkab bo'lgan taqdirda va boshqa alohida hollarda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o'rinbosari bu muddatni ko'pi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati jinoyat ishi protest bilan birga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay ishni ko'rib chiqishga kirishishi kerak. Ish o'ta murakkab bo'lgan taqdirda va boshqa alohida hollarda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bu muddatni ko'pi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.
Jinoyat ishini ko'rish muddati uzaytirilganligi to'g'risida protsessning manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak.
Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi va ishni taftish tartibida ko'rib chiqayotgan sud tomonidan jinoyat ishini ko'rib chiqish davomiyligi uni ko'rib chiqish boshlangan kundan e'tiboran uch oydan oshmasligi kerak. Mazkur muddat ish murakkab bo'lgan yoki uning hajmi katta bo'lgan, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud bo'lgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudining va ishni taftish tartibida ko'rib chiqayotgan sudning ajrimiga ko'ra ko'pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati va Rayosati tomonidan taftish tartibida ko'rilishi lozim bo'lgan jinoyat ishi oqilona muddatlarda, biroq uni ko'rib chiqish boshlangan kundan e'tiboran ko'pi bilan uch oyda ko'rib chiqilishi kerak. Ushbu muddat ishning murakkabligi yoki hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud bo'lgan taqdirda, tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati va Rayosatining ajrimi (qarori) bilan uzaytirilishi mumkin. Bunda jinoyat ishini ko'rib chiqish davomiyligi uni ko'rib chiqish boshlangan kundan e'tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
484-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan ko'rish muddatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.