Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ishning haqiqiy holatlari to'liq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari to'g'ri qo'llanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chog'ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instantsiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud bo'lgan hamda apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo'yicha tekshiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi hay'atlarida taftish tartibida ishni ko'rishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ishning haqiqiy holatlari to'liq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari to'g'ri qo'llanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chog'ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud bo'lgan hamda taftish instantsiyasi sudi tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo'yicha tekshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko'rilgan ishlar bo'yicha chiqarilgan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudining hukmlarini va ajrimlarini taftish tartibida ko'rishda shikoyat yoxud protest bo'yicha ishning haqiqiy holatlari to'liq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari to'g'ri qo'llanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chog'ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud bo'lgan hamda taftish instantsiyasi sudi tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo'yicha tekshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini taftish tartibida ko'rishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ishning haqiqiy holatlari to'liq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari to'g'ri qo'llanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chog'ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud bo'lgan hamda taftish instantsiyasi sudi tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo'yicha tekshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida ko'rishda protest bo'yicha ishning haqiqiy holatlari to'liq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari to'g'ri qo'llanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chog'ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud bo'lgan hamda taftish instantsiyasi sudi tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo'yicha tekshiradi.
lex.uz’dagi asl matn482-modda. Yuqori instantsiya sudi muhokamasining predmeti
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Yuqori instantsiya sudi (apellyatsiya, kassatsiya, taftish) jinoyat ishini qayta ko'rishda quyidagilarni tekshiradi: birinchi sudning hukmining to'g'riligi, jinoyat qonunining to'g'ri qo'llanilishi, ish yuritish qoidalariga rioya etilishi va dalillarning to'liq aniqlanishi.
**Kimga tegishli**
Bu tekshirish Qoraqalpog'iston, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oliy sud va uning Rayosati tomonidan amalga oshiriladi.
**Amalda**
Agar birinchi sud odamni noto'g'ri qaror qilsa, apellyatsiya sudi uning ishini qayta ko'rib, dalillarni tekshirib, qonun to'g'ri qo'llanilganmi yoki yo'qmi aniqlaydi va kerak bo'lsa qarorni o'zgartiradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.