Jinoyat-protsessual kodeksi

478-modda. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari

Sud hukmlarining, ajrimlarining, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin. Ishni yuqori instantsiya sudi tomonidan ko'rish: 1) apellyatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 497²-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan; 2) kassatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 499-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan; 3) taftish tartibida: Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan — ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida ko'rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan: jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko'rilgan ishlar bo'yicha apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning shikoyatlarini o'rganish natijalariga ko'ra chiqarilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning o'rinbosarlarining protestiga yoki O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimiga binoan; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instantsiya tariqasida ko'rilgan ishlar bo'yicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga yoki O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning o'rinbosarlarining protestiga binoan; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining taftish tartibida chiqarilgan qarorlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning arizasiga (iltimosnomasiga), sudyaning taqdimnomasiga, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko'ra kiritilgan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining protestiga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protestiga binoan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.