Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi vaqtida sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi haqidagi masala yuzaga kelgan hollarda sud hukm chiqarish chog'ida bu masalani yana bir bor muhokama qilishi shart. Sud sudlanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli norasolik holatda bo'lgan yoki uni sodir etganidan keyin o'z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb topgan taqdirda, ushbu Kodeksning 577-moddasida nazarda tutilgan ajrimni chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
458-modda. Sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi masalasini muhokama qilish
(458-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.