Jinoyat-protsessual kodeksi

451-modda. Sudlanuvchining oxirgi so'zi

Taraflarning muzokarasi tamom bo'lganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi so'z beradi. Sudlanuvchining oxirgi so'zi vaqtida unga hech qanday savol berishga yo'l qo'yilmaydi. Sud sudlanuvchining oxirgi so'zini muayyan muddat bilan cheklab qo'yishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining so'zini, u ishga mutlaqo aloqasi yo'q holatlarni bayon qila boshlagan hollarda, to'xtatishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.