Criminal Procedure Code

449-modda. Taraflar muzokarasining mazmuni va tartibi

Sud tergovi tamomlanganidan so'ng sud taraflarning muzokarasini eshitishga o'tadi. Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. So'ngra jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so'zga chiqadi. Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, shuningdek himoyachi va jamoat himoyachisining so'zga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi. Taraflar o'zlarining nutqlarida sud tergovida ko'rib chiqilmagan dalillarni keltirishga haqli emas. Tekshirish uchun sudga yangi dalillarni taqdim etish lozim bo'lsa, taraflar sud tergovini yangidan boshlash to'g'risida iltimos qilishlari mumkin. Davlat ayblovchisi sud tergovining yakunlarini inobatga olib, o'z nutqida sudlanuvchining aybliligi yoki aybli emasligi to'g'risidagi xulosasini asoslantirishi lozim. Davlat ayblovchisi sudlanuvchi aybli degan xulosaga kelganda, unga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan jazo turi va me'yori haqida sudga o'z fikrini bayon qiladi. Taraflar nutq so'zlab bo'lganlaridan keyin, ulardan har biri boshqa tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan e'tirozlar yoki mulohazalar bilan yana bir martadan so'zga chiqishlari mumkin. So'nggi e'tiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi. Sud taraflarning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qo'yishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi muzokarada ishtirok etayotgan shaxslarning nutqlarini, basharti ular ko'rilayotgan ishga daxli yo'q holatlarga taalluqli bo'lsa, to'xtatib qo'yishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Muzokara - bu sud tergovidan keyin taraflarning o'z fikrini bildirishlari. Davlat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi va boshqa taraflar sud oldida o'z dalillarini asoslantiradi va sudga o'z xulosalarini taqdim etadi. Bu jarayonda har bir tomon o'z pozitsiyasini himoya qiladi. Kimga tegishli Bu qoida barcha jinoiy ishlarning sud tergovidan keyingi bosqichida davlat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi va sudlanuvchiga tegishli. Amalda Masalan, odam o'g'irlik ayblanganda, davlat ayblovchisi avval o'z fikrini aytadi, so'ngra himoyachi javob beradi. Ular bir-birining so'zlariga e'tiroz bildirishi mumkin. Oxirida himoyachi oxirgi so'zni aytish huquqiga ega bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.