Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga ko'ra raislik qiluvchi, xalq maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qo'shib qo'yilgan, ish uchun ahamiyatli bo'lishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini o'qib eshittiradi.
Sudning talabiga ko'ra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan hujjatlarni sud o'qib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga ahamiyati bor-yo'qligi to'g'risida o'z fikrlarini bayon qiladilar. So'ngra sud hujjatlarni ishga qo'shish yoki tegishliligiga qarab qaytarish to'g'risida ajrim chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.