Jinoyat-protsessual kodeksi

441-modda. Guvohning qasamyodi va uni javobgarlik to'g'risida ogohlantirish

Guvohni so'roq qilishdan oldin raislik qiluvchi uning shaxsini aniqlaydi va ko'rsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bila turib yolg'on ko'rsatuv berganlik uchun javobgarlik to'g'risida ogohlantiradi. So'ngra raislik qiluvchi guvohga barchaning oldida oshkora ravishda quyidagi mazmunda qasamyod qilishni taklif etadi: «Ish yuzasidan o'zimga ma'lum bo'lgan hamma narsani sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan o'zga narsani gapirmayman». Qasamyod matni guvohga uning majburiyati va javobgarligi tushuntirilgani haqidagi guvohning tilxati bilan birgalikda sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. O'n olti yoshga to'lmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin ko'rsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolg'on ko'rsatuv bergani uchun javobgarlik to'g'risida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.