Jinoyat-protsessual kodeksi

427-modda. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berish va ularni ko'rib chiqish tartibi

(427-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-664-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/664/0014-сон)

Sud majlisi bayonnomasi imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi yuzasidan o'z mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik qiluvchi ko'rib chiqib, ularga qo'shilgan taqdirda ularning to'g'riligini tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qo'shib qo'yadi. Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan berilgan mulohazalarga qo'shilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni ko'rgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti ishni sudyaning yakka o'zi ko'rib chiqqan bo'lsa, raislik qiluvchining qarori uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.